-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari fanidan amaliy mashg‘ulotlar
Ushbu “Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari fanidan amaliy mashg‘ulotlar” oʻquv qo‘llanmasi Texnika Oliy oʻquv yurtlarining magistr talabalari uchun moʻljallangan. Oʻquv qo‘llanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻquv reja va oʻquv dasturi asosida tuzilgan. Oʻquv qo‘llanmaning asosiy maqsadi magistr talabalarining oʻgʻitlar ishlab chiqarish nazariyasi, o‘g‘itlar klassifikatsiyasi, xomashyolari, ishlatilish ko ʻlami, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasi, Oʻzbekistonda oʻgʻitlar ishlab chiqarish bo ʻyicha olib borilgan va yaratilgan texnologiyalar boʻyicha nazariy bilimlarini amaliyot bilan bogʻlash, amaliy koʻnikma va malakalarini yanada mustahkamlash hamda ularni «Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari” faniga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga yoʻnaltirilgan. Oʻquv qo‘llanma 12 ta amaliy mashgʻulotdan iborat boʻlib, har bir bobdan keyin sinov savollari, topshiriqlari keltirilgan.Oʻquv qo‘llanmadan “Kimyoviy texnologiya” ta’lim yoʻnalishlari bakalavr talabalari, hamda kimyo sanoati va qishloq xo ʻjaligining muhandis -texnik xodimlari va doktorantlari qo‘llanma sifatida foydalanishi mumkin.
-
METROLOGIYA ASOSLARI
Oʻquv qoʻllanma “METROLOGIYA ASOSLARI” fanidan metrologiyaning asosiy tushuncha va ta’riflari, fizik kattaliklar va ularning birliklari, ularni o‘lchash, birliklar tizimi, o‘lchash usullari va turlari, o‘lchash vositalarining tasnifi, ularning ishlash tamoyili, turlari va ulanish sxemalari, metrologik ta’minot masalalari kabi ma’lumotlarni qamrab oladi. Ushbu oʻquv qoʻllanmadan Oliy oʻquv yurtlarining 60711300–“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)”, “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (qishloq va suv xo‘jaligi)”, “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (qurilish)” yoʻnalishi talabalariga dars mashgʻulotlarida foydalanish mumkin.
-
Geologiya
Ushbu o‘quv qo‘llanma texnika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining (60721500– “Konchilik ishi”, 60722400-“Noyob va radioaktiv metall rudalarini qazib olish va qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” ta`lim yo‘nalishlari talabalariga geologik bilimlarning boshlang‘ich nazariy bilimlarni berishga mo‘ljallangan. Unda Respublikamizning konchilik sanoatining asosiy o‘zagi bo‘lgan minerallarni, tog‘ jinslarni, foydali qazilmalarni, ma`danlarni hosil bo‘lish jarayonlarini, yerning ichki tuzilishi, radioaktivligi va issiqlik rejimi, yerning tuzilishi va unda ro‘y beradigan endogen va ekzogen jarayonlar, yer osti suvlari, yer osti suvlarining hosil bo‘lishi, tabaqalanishi, yer osti suvlaridan xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatilishi, yer osti suvlarining kon maydoniga ta’sirini va oldini olish uchun ko‘riladigan chora tadbirlar, foydali qazilmalarning hosil bo‘lish jarayonlari, turlari, sanoatda qo‘llanilishi haqida batafsil ma`lumotlar keltirilgan.
-
Повышение надежности механического оборудования и стальных конструкций гидротехнических сооружений
Приводится анализ причин аварий и повреждений (отказов) обо рудования и металлоконструкций гидротехнических сооружений, имевших место при монтаже и эксплуатации зарубежных и отечественных гидроузлов. Даются рекомендации по повышению надежности оборудования и конструкций. Предназначена для инженеров-гидротехников, зантяых конструированием и эксплуатацией.
-
Falsafa tarihi eng yangi davr g`arib falsafasi
o`quv qo`llanma kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq......
-
Moliyaviy hisob
Ushbu o'quv qo'llanma moliyaviy hisobning konseptual asoslari, nomoddiy aktivlar,lizing muammolari hisobi hamda hisobot tuzish masalalari haqida yoritilgan.
-
eksperimental psihalogiyasi va praktikum fanidan labaratoriya mashg`ulotlari bo`yicha uslubiy qo`llanma
mazkur laboratoriya mashg`ulotlari uchun uslubiy ko`rsatma
-
ЛАБОРАТОРНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ В ВЕТЕРИНАРИИ: ВИРУСНЫЕ, РИККЕТСИОЗНЫЕ И ПАРАЗИТАРНЫЕ БОЛЕЗНИ: СПРАВОЧНИК
В книге даны методы лабораторного исследования патологического материала с целью определении возбудителей вирусных, риккетсиозы и паразитарных болезней животных. Они изложены по единой схеме. Методы унифицированы и стандартизированы.
-
Mikroorganizmlar biotexnologiyasi
O‘quv qo‘llanmada mikroorganizmlarning texnologik qo‘llanilishi bo‘lgan mikrobial biotexnologiya va uning muhim tabiiy biofaol mahsulotlarni ishlab chiqarishda muhim roli hamda antibiotiklar, antifungallar, saratonga qarshi dorilar, antiparazitiklar, viruslarga qarshi, immunosupressantlar, toksoid vaksinalar va terapevtik fermentlarning mikrob shtammlari yordamida sanoat darajasida ishlab chiqarilishi, ayrim mikrobial komponentlar CRISPR-Cas tizimlari va termostabil DNK polimeraza fermentlari kabi genetik vositalarni yaratishdagi ahamiyati, genetik muhandislik strategiyalarini ishlab chiqish va mikrobial biotexnologiyaning oqilona va aniq rivojlanishida mikroorganizmlar hal qiluvchi vositalar ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda ilmiy loyihalar doirasida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari, yangi mikrob shtammlarini qidirib topish ularni biotexnologik usullar asosida madaniylashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy faoliyat natijalari, foydalanish tajribalari bo‘yicha ilmiy manbalardan hamda internet ma’lumotlaridan foydalanilgan. O‘quv qo‘llanma mikroorganizmlar biotexnologiyasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, shu soha vakillari, bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar va keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
-
Academic skills
Writing in any language is one of the four essential language skills, along with speaking, reading, and listening comprehension.
-
IFODALI OʻQISH VA NUTQ MADANIYATI
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasasi talabalarining nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bir qatorda ularni ritorika tarixi, shakllanish bosqichlari haqidagi ma’lumotlar bazasini oshirishga, shuningdek, ifodali o‘qish mahoratini rivojlantirishga xizmat qiladi.
-
Organik kimyo (III qism)
Akademik litsey o‘quvchilari hukmiga havola qilinayotgan ushbu o‘quv qo‘llanma organik kimyo fanidan akademik litseyning kimyoviy texnologiya yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallab yozilgan bo‘lib, unda har bir mavzuning ixchamlashtirilgan nazariy asoslari, tajriba ishlari metodikasi, turli murakkablikdagi masalalar va ularning yechimlari hamda mustaqil yechish uchun masalalar berilgan. O‘quv qo‘llanmada turli sxemalar, zarur bo‘lgan joylarda reaksiya mexanizmlarining berilishi, kimyoviy hodisalar va kimyoviy jarayonlar borishi qonuniyatlarini yanada chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi. O‘quv qo‘llanmaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda organik kimyoga doir o‘qituvchi va talabalarga kerak bo‘lgan turli murakkablikdagi masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar qisqa, sodda va ravon tilda, ixchamlashtirib berilgan. O‘quv qo‘llanmada muhim organik reaksiya tenglamalari va kerakli jadvallarning berilishi talabalar uchun undan foydalanishda yanada qulaylik tug‘diradi.
-
Umumiy kimyo (I qism)
O‘quv qo‘llanmaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda kimyoga doir o‘qituvchi va talabalarga kerak bo‘lgan turli murakkablikdagi masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar qisqa, sodda va ravon tilda, ixchamlashtirib berilgan.O‘quv qo‘llanmada muhim fizik -kimyoviy kattaliklar jadvallarining berilishi talabalar uchun undan foydalanishda yanada qulaylik tu g‘diradi.
-
Uzbek-russian-english definitions dictionary of legal terms
Mazkur izohli lug’at 60420100 – Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, unda yuridik sohaga oid atamalarning oʻzbek, rus va ingliz tilidagi nomlanishi izohlari bilan birga keltirilgan. Atama va tushunchalar huquqshunoslikka oid koʻpgina manbalardan foydalanish asosida tuzilgan. Oʻquv qoʻllanma huquqshunoslik sohasi bilan bog’liq ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar hamda shu sohada ilmiy faoliyat olib borayotgan tadqiqotchi olimlar uchun foydali boʻladi.
-
Fizikaviy kimyoning tanlangan boblaridan masala va mashqlar
Ushbu o‘quv qo‘llanma аmаldаgi fan dasturi аsоsidа tuzilgаn bo‘lib, uning bаrchа tаlаblаrigа jаvоb bеrаdi. Qo‘llаnmаdа kimyoviy tеrmоdinаmikа, kimyoviy muvоzаnаt, fazaviy muvozanat, eritmalar, elektrokimyo, kimyoviy kinetika to‘g’risidа qisqacha nazariy ma’lumot hamda shu mavzular bo‘yicha masala va mashqlar, ularni yechish namunalari keltirilgan. Talabalarga qulaylik yaratish hamda qo‘llanmani ixchamlashtirish maqsadida nazariy qism materiallari QR kodga joylashtirilgan. O‘quv qo‘llanma 70530101- Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi tаlаbаlаri uchun mo‘ljallangan bo‘sada, undаn nаfаqаt mazkur mutaxassislik tаlаbаlаri bаlki, 70530102-Radiokimyo, 70530103 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi mutaxassisliklari talabalari hamda 60530100 – Kimyo (turlari bo‘yicha), 60530200 - Neft’ va gaz kimyosi, 60530300 - Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi tа’lim yo‘nаlishlаri tаlаbаlаri hаm fоydаlаnishlаri mumkin.
-
Yengil atletika o'qitish metodikasi
Ushbu qo‘llanmada yengil atletika fanining nazariy asoslari va amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi yoritilgan. Kitobda yengil atletika turlari — yugurish, sakrash, uloqtirish va sport yurish mashqlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini to‘g‘ri rejalashtirish, mashqlarni bosqichma-bosqich o‘rgatish usullari hamda o‘qituvchining pedagogik mahorati haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, jismoniy tayyorgarlikni oshirish, texnika va taktika elementlarini shakllantirishga oid tavsiyalar ham keltirilgan.