- 
                                        
- 
                                        
- 
                                        
- 
                                        
- 
                                        Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
- 
                                        
- 
                                        Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
- 
                                        Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
- 
                                        
- 
                                        Moliya huquqUshbu ma’ruzalar kursida moliya huquqi fanining asosiy tushunchalari, ya’ni davlat moliyaviy faoliyati va uning prinsiplari, moliyaviy-huquqiy normalar, moliya huquqining tizimi va uning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun ahamiyati, moliyaviy nazorat, davlat budjeti tushunchasi tizimi, davlat daromadi va xarajatlari, davlat krediti, soliq va uning turlari, sug‘urta tushunchasi va uning funksiyalari, bank tushunchasi va bank operatsiyalari, pul tushunchasi, tizimi va turlari, valutani tartibga solishning huquqiy asoslari, investitsiya faoliyatini huquqiy boshqarish kabi bir qator boshqa masalalar o‘z ifodasini topgan. 
- 
                                        Axborot xavfsizligi asoslariMa’ruzalar kursi axborot xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslari, asosiy tushunchalari, tashkiliy va boshqaruv tamoyillari to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasida axborotni muhofaza qilishning davlat tizimining tashkiliy asoslari va vazifalarini o‘rganish, tinglovchilarga axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro tajriba, axborot xavfsizligini ta’minlashning usul va vositalari hamda ma’lumotlarni muhofaza qilishning kompleks tizimlari bilan tanishtirish, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi, davlat organlarining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi asosiy faoliyat yo‘nalishlari, axborot xavfsizligining obyektlari, tahdidlar va ularning manbalari, axborotlarni kriptografik va texnik himoyalash asoslari, axborotlarni muhofaza qilishning tashkiliy chora-tadbirlari, ma’lumotlarni muhofaza qilish va axborot xavfsizligini ta’minlashning usul va vositalari, ma’lumotlarning chiqib ketish kanallari va ularning oldini olish yo‘llari haqida nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkonini beradi. 
- 
                                        Ma’muriy huquq«Ma’muriy huquq» fanining maxsus qismini o‘rganish bo‘yicha tayyorlangan mazkur ma’ruzalar kursida mamlakatimiz iqtisodiyoti, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy sohalarini ma’muriy-huquqiy tartibga solish masalalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish borasida qabul qilingan qonunlar, boshqa normativ huquqiy hujjatlar mazmuni, davlat boshqaruv organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari hamda mazkur sohalardagi boshqaruv organlari bilan ichki ishlar idoralarining o‘zaro munosabatlari keng yoritib berilgan. 
- 
                                        O‘zbekiston tarixiUshbu ma’ruzalar kursi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan O‘zbekiston tarixi namunaviy dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, unda tariximizni hozirgi kun nuqtai nazaridan o‘rganish, unga xolisona munosabatda bo‘lish prinsiplari bayon etilgan. Mualliflar jamoasining ayrim olingan davr, voqelik, ya’ni tarixiy jarayonlarga oid yozilgan ma’ruzalari “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish, uni o‘zlashtirib olishda qo‘llaniladi. 
- 
                                        Kichik biznesni boshqarishUshbu ma’ruzalar matnida kichik biznesni boshqarish kursining predmeti va vazifalari, kichik biznes boshqaruvida kichik korxonalarning xususiyatlari, kichik biznesning tashkiliy-iqtisodiy asoslari, kichik biznes boshqaruvida tadbirkorlik faoliyati, kichik biznes tizimida menejment, kichik biznes boshqaruvida qarorlarni ishlab chiqish hususiyatlari, kichik biznes boshqaruvida motivlashtirish hususiyatlari, kichik biznesni boshqarishda liderlik qobiliyatining shakllanishi,kichik biznes boshqaruvida bank, soliq va audit bilan aloqalari, kichik biznesning moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta’minlashni boshqarish, kichik biznes boshqaruvida kadrlar siyosati, kichik biznes boshqaruvida axborot kommunikatsiyasi, kichik biznes boshqaruvda bozor va raqobat, kichik biznes boshqaruvida biznes reja va uning o‘rni kabi dolzarb muammolar batafsil bayon etilgan. 
- 
                                        ПедагогикаМаърузада педагогика фанининг методологик асослари, тарбия назарияси ва амалиёти, таълим назарияси ҳақида фикрлар юритилади. Педагогика комил инсон шаклланиш қонуниятларини, мутахассислик асосларини ўргатувчи устувор фанлардан биридир. 
- 
                                        Табиатдан фойдаланишнинг географик асослариМазкур маърузалар матнида инсон хўжалик фаолиятининг табиат комплексларига таъсири, уларнинг оқибатлари, географик қобиқнинг умумий географик қонуниятлари, улар ҳақидаги билимнинг қанчалик зарурлиги, инсоннинг табиатга таъсирлари, улар оқибатлари, Ландшафтларнинг ўзгариши, табиий, антропоген, маданий ландшафтлар ҳақида фикр юритилади. 
- 
                                        Банк фаолиятлари таҳлили5А340903 «Иқтисодий таҳлил» таълим йўналиши магистрлари ўқув режасига асосан ёзилган бўлиб, унда банкларнинг активлари, мажбуриятлари, кредит бериш ва қимматбаҳо қоғозлар билан операциялари, даромадлари, харажатлари, молиявий натижалари, ликвидлиги ва тўловга қобилиятлиги таҳлили мавзулари ёритилган. Маъруза матнлари тўплами иқтисод йўналишидаги магистрларга, талабаларга ва барча банк фаолияти билан қизиқувчиларга фойдалидир. 
- 
                                        Tikuv buyumlar texnologiyasi fani bo'yicha ma'ruza kursi (2 qism)Ma'ruza kursi kiyim ishlab chiqarishda tayyorlov-bichish texnologik jarayon bosqichlari, kiyim tikishning texnologik jarayonlari, tikuv buyumlariga ishlov berish bosqichlari, yelka kiyimlarini yig`ish bosqichlari, bel kiyimlariga ishlov berish, yengil kiyim va tikuv-trikotaj buyum detallari, uzellariga ishlov berish jarayonlari bo`yicha ma`lumotlar yoritib berilgan. "Tikuv buyumlari texnologiyasi" fanidan ushbu ma'ruza kursi oily o`quv yurtlarining bakalavrlari uchun mo`ljallangan. Bu ma'ruza kursidan "Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash" mutaxassisligidagi magistratura talabalari ham foydalanishi mumkin. 
- 
                                        Технология и оборудование отраслиВ каждой лекции дается план, пояснения и содержание темы, приводится схемы оборудований и их устройство, и принцип их работы, назначения технологических машин, а также приводятся формулы, графики и таблицы. В конце каждой лекции даются контрольные вопросы для закрепления полученных знаний 
- 
                                        Ахборот ва телекоммуникация технологиялари муаммолари. 3-қисмМаъруза матнлари муаллифлардан олинган электрон нусхалар асосида тузилган. Ушбу маъруза матнлари ахборот технологияларига қизиқувчи талабаларга тавсия этилади. 
- 
                                        Мутахассисликка киришМаъруза матнларида ўзбек хитойшунослиги мактаби ҳақида тўлиқ маълумот, ХХРда тил сиёсати; ХХР давлат тилининг жамият ҳаётидаги ўрни масалалари; ХХР ёзув ислоҳотлари ва хусусиятлари ҳақида маълумот берилади. Маъруза матнларида фойдаланиш қулай бўлиши учун фанга оид семинар ва амалий машғулотлар, ўқувчилар билимини мустаҳкамлашда хизмат қиладиган мустақил ишлар ва мавзу саволлари берилди. 
- 
                                        Maktab o’lkashunosligiO’lkashunoslik o’z tug’ilgan va yashaydigan joyi qahidagi bilimlar majmuasi bo’lib, juda uzoq davrlar mobaynida vujudga kеlgan. 
- 
                                        Она тилидан машқлар тўпламиМазкур тўплам Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетида тайёрланган бўлиб, шу университет Илмий кенгашининг 2009 йил 24 сентябрдаги 2-баённомаси билан нашрга тавсия этилган. 
- 
                                        MUHANDISLIK GEOLOGIYASIМаърузалар матнида Ернинг геологик тузилиши тўғрисида умумий тушунча, минераллар, тоғ жинслари тўғрисида маьлумотлар келтирилган, булардан ташқари, геологик йилнома, тектоник ҳодисалар, сейсмик районларда қурилиш ишлари, ер ости сувлари, уларнинг ҳаракатланиш қонуниятлари, табиий геологик ҳодисалар, муҳандислик - геологик жараёнлар баён этилган. 
- 
                                        Фалсафага киришМазкур қисқача матнлар шундай эҳтиёжнинг натижаси ўлароқ тайёрланди. Бу курсдан ёзилган биринчи иш сифатида унинг муайян назарий, мантиқий ва бошка камчиликлари бўлиши табиий. Шунга қарамасдан талабанинг фалсафа билан дастлабки танишуви учун таянч бўлади деган умидда бу иш иложи борича зуллик билан амалга оширилди. Мустақилликка эришилган 14 йил мобайнида ҳосил бўлган маънавий бўшликка бироз бўлса ҳам қўшиб қўйиш мумкинлиги талабанинг ҳам кейинги изланишлари учун асос бўлиши мумкинлиги назарда тутилди. 
 
                        