-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Ichki savdo. Turistik va ekskursiya xizmati
-
Umurtqasizlar zoologiyasi
Darslikda umurtqasiz hayvonlaming barcha asosiy sistematik guruhlariga tavsif berilgan. Undagi o'quv materiallari solishtirma evolyutsion nuqtainazardan tahlii qilingan; hayvonlaming tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati keng yoritilgan. Bir qancha zoologik tushunchalarning o'zbek tilidagi nomlariga tuzatishlar kiritiigan. Darslik oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi bakalavr yo'nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Iqtisodiyotda balans tizimlari
Ushbu o`quv qo`llanma bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyotning rivojlanish nazariyasi va amaliyotiga bag`ishlangan. Unda milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o`tishi, bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi, iqtisodiy rivojlanishning makroiqtisodiy balanslari va ularni tuzish tartibi yoritilgan.
-
Yosh fiziologiyasi va gigiyena
Darslikda organizmning ulg`ayishidagi o`zgarishlar, bolalar va o`smirlarning o`sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, barcha tizimlarning o`ziga xos yosh xususiyatlari, organizmni o`rab turgan atrof muhitni sog`lomlashtirish yo`llariga oid ma'lumotlar berilgan. Darslik oliy o`quv yurtlari barcha bakalavr yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarga mo`ljallangan.
-
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
Ushbu o‘quv qo'llanmada ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani predmeti tarixi, ekologik ta’limning maqsadi va vazifalari, inson va tabiat munosabatlari, tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorlik va ulaming amaldagi faoliyati, muhit tushunchasi, ekologik omillar, biotik munosabatlar, biologik maromlar, populyatsiya, ekosistemalar, biosfera haqida ta’limot, noosfera tushunchasi, tabiiy resurslar, atmosfera tarkibi, tuzilishi, ahamiyati, ifloslanish manbalari, suv resurslari va ulami muhofaza qilish, alohida muhofaza qilinadigan hududlar haqidagi mavzular keng yoritib berilgan.
-
Musiqa o’qitish texnologiyalari va loyihalash
Mazkur bakalavr ta`lim standartlariga kiritilgan «Musiqa o’qitish texnologiyalari va loyihalash» fanini o`zlashtirishda pеdagogik tеxnologiyalarni musiqa darslarida yangi, zamonaviy tеxnologiyalarni qo`llash, ijodiy jarayonni tashkil etish, umumta`lim maktablari musiqa darslari ishlanmalari va darsdan tashqari musiqiy mashg`ulotlar ssеnariyalari xaqida so`z yuritilgan.
-
Alisher Navoiy ijodida shaxs muammosi
Uslubiy qo‘llanmada mashhur Sharq mutafakkiri Alisher Navoiyning ijodiy merosi va uning dunyo psixologiya fanida tutgan o'rni va mavqei tahlil qilingan. Shunungdek, mutafakkir qarashlarining о ‘ziga xosligi va bugungi kunning ilmiy psixologik muammolarini о'zida aks ettirganligi kо'rsatib berilgan.
-
Agrobiznesda ish yuritish
Darslikda qishloq xo'jaligida agrobiznesni tashkil etishning hozirgi holati, fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, qishloq xo'jaligi korxonalarida hujjat turlari va ularning xususiyatlari, agrobiznesda farmoyish va ma’lumot-axborot hujjatlari, agrobiznesda xizmat yozishmalari, ish yuritishni tashkii etish yo‘llari, ish yurituvchi xodimlarning mehnatini tashkil etish va xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar, agrobiznesda shartnomaviy munosabatlar, biznes-reja va uni tuzish tartibi, ish yuritishni ixchamlashtirish va foydalanishning asosiy yo‘nalishlari ko`rsatib berilgan
-
Экономическая теория
В данном учебнике рассматриваются экономические отношения и закономерности их функционирования, экономические системы и их особенности, рыночные механизмы и способы их эффективного использования, банковско-финансовая система стран мира и их влияние на социально-экономическое развитие страны, методы государственного регулирования экономики, мировая экономика, международная торгово-экономическая интеграция и место роль Узбекистана в этом.
-
Hozirgi o‘zbek adabiy tili
Qo'llanma namunaviy o‘quv dasturi va DTS tálablari asosida yaratilgan bo'lib, “Hozirgi o'zbek tili ” kursining “sintaksis” bo'limi mavzularini o'z ichiga oigan. Ishda har bir mavzu uchun adabiyotlar ko'rsatkichi, matn, nazorat savollari, tayanch tushunchalar izchil tarzda berilgan. Oxirida adabiyotlar va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati ilova qilingan.
-
Mexanika
O'quv qo'llanmada fizikani o'rganishda muhim hisoblangan matematik apparatga ham keng o'rin berilgan. Undan pedagogika va boshqa oliy ta'lim muassasalari talabalari va o'qituvchilari ham foydalanishi mumkin.
-
Методика преподавания спортивных и подвижных игр
Настоящий учебник предназначен для студентов физкультурных вузов, студентов, обучающихся по специальности 5112000 "Физическая культура и спорт" со следующими специализациями: теория и методика физического воспитания.
-
Oliy matematika
Darslik muhandis-texnika sohasidagi bakalavriat ta’lim yo'nalishlari uchun mo‘ljallangan. Kitob ikki jilddan iborat. Ushbu birinchi jild chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analizga kirish, bir o‘zgaruvchili funksiyaning differensial va integral hisobi bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Darslikdan kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘lim talabalari foydalanishlari mumkin.
-
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari
Tabiat o ‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o ‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziqovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini oladi va o‘zining hayot faoliyati davomida tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada tabiat uchun yod bo‘lgan yangi obyektlar vujudga keladi. Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo‘llar, konlar, suv omborlari, qishloq xo‘jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar atrof tabiiy muhitiga o ‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
-
Zoologiya
Ushbu o‘quv qo‘llanmada zoologiyadan (umurtqasizlar zoologiyasi) amaliy mag‘ulotlar bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Bunda xilma-xil umurtqasiz hayvonlar olami bilan tanishtirish va laboratoriya sharoitida uiami yorib, anatomik va morfologik tuzilishlarini mikroskoplar yordamida ko‘rib o‘rganish kabi ishlarga talabalar e’tiborini jalb qilishga harakat qilingan va amaliy mashg‘ulotlarda o‘tiladigan har bir hayvon surati ham berilgan. 0 ‘quv qo‘llanma biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari
Darslikda ana'naviy va noana’naviy, qaytalanuvchi va qaytalanmaydigan energiya manbalari haqida tushunchalar berilgan. Barcha energiyalarning manbasi bo'lmish quyosh energiyasi, quyosh energiyasi yordamida energiya ishlab chiqarish, shamol energiyasi va energetikasi, to'lqinlar energiyasi va elektrostansiyalari, suv ko'tarilishi energiyasi va elektrostansiyalari, geotermal energiya va elektrostansiyalari, dengiz va okeanlardagi ichki oqimlar energiyasi haqida ma’lumotlar bayon qilingan. Dunyodagi eng quvvatli: gidroelektrostansiya; shamol elektrostansiyasi; suv sathining ko'tarilib-tushish elektrostansiyasi va turbinasi; to'lqinlar va quyosh elektrostansiyalari; fotoelektrik va geotermal hamda biomassa yoquvchi elektrostansiya to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
-
Turizm mamlakatshunosligi
Sizga havola qilinadigan darslik jahon turizmining muhim qirralaridan biri bo’lgan mamlakatlarda turizmni rivojlanish imkoniyatlari, ularda turizm uchun yaratilgan shart – sharoitlar, rivojlanish omillari, turizm industriyasi va infratuzilmasi holatlarini tahlil qilishga qaratilgandir. Har bir mamlakatda turizm o’zining ko’p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta’sir o’tkazib kelmoqda.