-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
-
-
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Турмуш фаровонлиги назарияси
Ўқув қўлланма мазмунини баён этишда Президент Ш.М. Мирзиёев асарлари, республика қонунлари ва бошқа меъёрий ҳужжатлардан, мамлакатимизда нашр этилган дарслик ҳамда ва ўқув қўлланмалардан, шунингдек, унинг илмий ва амалий жиҳатдан мукаммаллик даражасини ошириш мақсадида монография, диссертация ва авторефератлар, республика ҳаётига оид статистик материаллардан кенг фойдаланилган.
-
Issiqxonalarda sabzovot ko'chatchiligi
Mazkur darslik "5411700-Issiqxona xo'jaligini tashkil etish va yuritish" bakalavr yo'nalishi hamda "5A411701 - Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi" magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o'qiyotgan talaba magistrlar uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan malaka talablar asosida tuzilgan namunaviy o'quv reja va fan dasturlariga mos ravishda tayyorlangan. Ushbu darslikdan o'qituvchilar, talabalar, magistrlar, aspirantlar, doktorantlar, fermerlar, tomorqa egalari, mutaxassislari va boshqa keng kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
-
Инвестиция лойиҳалар таҳлили
Ушбу дарсликда инвестиция лойиҳаларини ишлаб чиқариш,ташкил этиш,барқарор ривожлантириш учун бизнес лойиҳа тузишнинг зарурлиги ва инвестиция лойиҳасини ишлаб чиқиш асослари кўрсатиб ўтилган. Инвестиция ва бизнес лойиҳанинг назарий ва амалий асослари,хусусан,бозорни ўрганиш,маркетинг режасини тузиш ва унинг самарали технология билан уйғунлигини таъминлаш,ишлаб чиқариш режасини тузиш,бизнес режанинг амалга оширилиши учун ишчи кучи ва кадрлар билан таъминлаш,инвестициядаги таваккалчиликни бошқариш каби саволлар ушбу қўлланмада ўз ифодасини топган.
-
Interyerda kompozitsiya va rang
Ushbu o`quv qo`llanma "interyer dizayn" yo`nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan va unda topshiriqlarning berilishi, ularning bajarilish jarayonlari to`liq tahlil etilgan. Kompozitsiya tamoyillari va ranglar uyg`nligi, ranglarning insonga psixologik ta`siri haqida loyihalashdagi nazariy tushunchalarni amaliy mashg`ulotlarda bajarilishi atroflicha bayon etilgan.
-
Социология
Китобда социология фани, унинг жамият ҳаётидаги роли, функцияси, тарихий ривожланиш босқичлари, унинг назарий масалалари, махсус соҳалари, методологияси, ҳамда конкрет социологик тадқиқот ўтказиш усуллари баён қилинган.
-
Ўзбек тили
Китоб тилшунос олимлар,тадқиқотчилар,талабалар ва тилшунослик масалалари билан қизиқувчи ўқувчиларга мўлжалланган. Ушбу китобда тилшунос олим Иномжон Расулов "Танланган асарлар"ининг биринчи жилдига олимнинг монографиядан танланиб, ҳозирги ўзбек адабий тили синтаксиси ва стилистикасига оид асарлари киритилди.
-
Молия ҳуқуқи
«Молия хуқуқи» Ўзбекистон Республикасида молиявий муносабатларни ҳуқуқий тартибга солиш масалаларига бағишланган ўзбек тилидаги биринчи дарсликдир. Китобда республикамизда бозор иқтисодиёти шароитида вужудга келган молиявий муносабатларнинг янги мазмуни, янги иқтисодий сиёсат талабларидан келиб чиққан ҳолда амалга оширилаётган миллий молиявий қонунчиликнинг ўзига хос хусусиятлари очиб берилган. Китобда молия хуқуқи ва конунчилиги билан боғлиқ бўлган атамалар ҳамда унинг изоҳлаш луғати ҳам илова этилган.
-
Neft konlarini ishlatish
Darslikda neft va gazning fizik-kimyoviy xossalari, qatlamlarining tabiiy ishlash rejimlari, ishlash sistemalari, neft konlarini ishlashni modellashtirish; neft konlarining ishlash ko‘rsatkichlarini bashorat qilish va oqilona ishlash variantini tanlash; anomal xossali neft konlarini ishlatish; neft konlarining suv bostirish usullarini qo`llab ishlatish; quduqlar to‘rining zichligini asoslash; neft konlarining texnologik ko‘rsatkichlarini iqtisodiy baholash; neftgaz uyumlarini ishlash; ko‘p qatlamli konlarni ishlatish; neft konlarining ishlash holati tahlili; neft konlarining loyiha hujjatlari tarkibiy qismlari va ularga qo'yiladigan talablar yoritilgan.
-
Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi
Darslikua belon va temir-beton buyumlari hamda mahsulotlarini ishlab chiqarish. xususan. ularni tayyorlash jarnyonida issiqlik bilan ishlov berish, ushbu mahsulotlarni armaturalash, quyma femir-beton mahslIlotlnrini tayyorlash texnologiyasi, opalubkalar va uch qatlamli temir-beton konstruksiyalarini loyihalashtirish hamda ulardan foydalanish haqida batavsil ma 'Iumotlar berilgan.
-
An'anaviy xonandalik
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq va pedagogik OTM Musiqa ta'limi yo'nalishi uchun mo'ljallangan.
-
Qurilish materiallari texnologiyasi
Ohak gips,magnezial bog`lovchi materiallari, turli sementlatlar, xrizotil va sement aralashmasi asosida tayyorlanadigan asbessement listlar va quvurlarni tayyorlashning texnologik sxemalari, ularda ishlatiladigan xomashyolar hamda bu materiallarning tavsifi, sinflanishi haqida ma`lumotlar keltirilgan.
-
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
Mazkur o ‘quv qo'llanmada tabiat, jamiyat va inson o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlarning tadrijiy rivojlanishi, ekologiya fanining tushunchasi predmeti va vazifalari, O 'zbekistondagi ekologik vaziyat, organizm va muhit, ekotizimlar va ularning xususiyatlari, biosfera, biologik xilma-xillik, ijtimoiy ekologiya, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atmosfera, suv va tuproq resurslarini muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta'minlashning tashkiliy-huquqiy va texnik asoslari, ekologiya va xalqaro hamkorlik, ekologik ta’lim-tarbiya va barqaror rivojlanishga oid masalalar yoritilgan.
-
Adabiyot nazariyasi asoslari
Ushbu darslikda nazariy masalalar bugungi o‘zbek adabiy-nazariy tafakkur va xorijdagi ilmiy qarashlami uyg'unlashtirgan holda yoritilgan, material didaktik talablar va o‘quv dasturiga muvofiq tarzda, izchillik va ketma-ketlikda taqdim etilgan.
-
Biologik kimyo va molekulyar biologiya. (1-qism)
Mazkur darslikda oqsillarning strukturasi, xossalari, ularning biologik ahamiyati, nuklein kislotalar, lipidlar va ularning almashinuvi, tirik oganizmlardagi boshqa muhim biologik birikmalar haqida ma’lumotlar berilgan . Shuningdek , fermentlarniing tuzilishi, xossalari, gormonlar va ularning moddalar almashinuvidagi ahamiyati ham yoritilgan.
-
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti (II qism)
Mazkur darslik «Jismoniy tarbiya va sport menejmenti» fani bo`yicha Davlat standartiga mos ravishda yaratilgan bo`lib, Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport sohasida menejerlar tayyorlashda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Darslikning bosh maqsadi — yurtimizda va xorijda rivojlanib kelayotgan menejment, jumladan, jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosiy kategoriyalari, ya'ni uning qonun qoidalari, vazifalari, usullari, axborot texnologiyasi hamda tashkiliy tizimlarini nazariy va amaliy tomonidan chuqur o`rganishga mo`ljallangan.
-
Plastik anatomiya
Mazkur o'quv qo'llanma tasviriy va amaliy san'at yo'nalishida o'qiyotgan talabalarga hamda shu sohaga aloqador bo'lgan barcha mutaxassislarga mo'ljallangan. Ushbu qo`llanmada tasviriy san'atning asoslaridan biri bo'lgan plastik anatomiya fanining qisqacha yujudga kelish tarixi hamda inson skeleti, bosh suyagi va undagi muskullar haqida bayon etilgan. Xususan, odam bosh suyagi qismlarining nomlanishi va bo'lajak rassom ijodkorlarning badiiy obraz yaratishlari uchun bosh qismidagi mimik muskullarning harakat holati haqida batafsil ma'lumot berilgan.